Asqarov Elyor Sadiraliyevich
Nevropatolog • 15 yil tajriba
Elyor Sadiraliyevich markaziy va periferik nerv tizimining quyidagi turli xil murakkab kasalliklarini kompleks tashxislash, davolash hamda profilaktika qilish bilan shug'ullanadi:
* Bosh og'riqlari (migren, zo'riqish bosh og'riqlari), bo'yin, yuz, bel va oyoqlardagi nevrologik og'riqlar.
* Umurtqa pog'onasi kasalliklari natijasida kelib chiqadigan og'riqlar (osteoxondroz, umurtqa churralari nevrologik asoratlari).
* Uyqusizlik, uyqu buzilishi va surunkali charchoq sindromlari.
* Nevralgiyalar, nevritlar, insultdan keyingi tiklanish (reabilitatsiya) jarayonlari.
* Xotira pasayishi va bosh aylanishi muammolari.
* O'ziga xos davolash uslubi: Dori-darmonlar bilan davolashdan tashqari, an'anaviy sharqona usul bo'lgan ignaterapiya (igna bilan davolash) muolajalarini mukammal egallagan bo'lib, nevrologik og'riqlarni qoldirishda samarali qo'llaydi.